Yuridik Hujjat

Maxfiylik Siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 15-sentabr

1. Qanday ma’lumot yig‘amiz

Ro‘yxatdan o‘tishda: email yoki telefon raqami, ism. Foydalanish jarayonida: yaratgan promptlaringiz, generatsiya natijalari, to‘lov tarixi, IP manzil va brauzer ma’lumotlari.

2. Nima uchun ishlatamiz

Xizmatni ko‘rsatish, to‘lovlarni amalga oshirish, suiiste’molning oldini olish va mijozlarni qo‘llab-quvvatlash uchun. Reklama maqsadida uchinchi shaxslarga hech qachon ma’lumot sotilmaydi.

3. Uchinchi tomonlar va xavfsizlik

Promptlar va referens fayllar generatsiyani bajarish uchun xavfsiz AI provayderlariga yuboriladi. To‘lov ma’lumotlari (karta raqami) bizning serverlarda saqlanmaydi — ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyaga ega to‘lov shlyuzlarida qayta ishlanadi.

4. Saqlash muddati

Generatsiya natijalari tarifga qarab saqlanadi va muddati tugagach o‘chiriladi. Generatsiyada ishlatilmagan referens fayllar 24 soatdan keyin o‘chiriladi. Yuklangan rasmlardan EXIF ma'lumotlari xavfsizlik maqsadida tozalanadi.

5. Sizning huquqlaringiz

Hisobingizni va unga bog‘liq ma’lumotlarni o‘chirishni support@doppi.ai manziliga yozib so‘rashingiz mumkin. To‘lov hujjatlari qonun talabiga ko‘ra belgilangan muddat davomida saqlanadi.

6. Bog‘lanish

DOPPI.AI MCHJ · support@doppi.ai · +998 71 200 00 00